Tuxumli, go'shtli rulet
№ 2480, Joylandi: 19-03-2024
Ko'rildi: 86
Siz, albatta, pechda tayyorlanadigan ushbu mazali taomni sinashingiz kerak. Bu hayratlanarli, mazali taom bayramona stolga loyiq va ulug'vorligi bilan ovqatlardan ajralib turadi. Tayyorlash retsepti juda oddiy bo'lib, barcha mahsulotlar mavjud va qimmat emas. Ushbu taomni albatta tayyorlab ko'ring. Bu taom nafaqat bayram dasturxonida balki, kechki ovqat dasturxonida yaqinlaringizga o'zining mazali ta'mi bilan manzur bo'ladi.
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usuli :
1. Piyozni tozalab, mayda qilib to'rg'ang.
2. Non bo'laklarini bo'laklarga bo'lib, 10 daqiqaga suvga soling.
3. Go'sht qiymasiga maydalangan piyoz, 1 dona tuxum, nonni suvdan olib, ta'bga ko'ra tuz va murch soling.
4. Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring.
5. Tuxumlarni qaynatib, po'stidan tozalang.
6. Folga qog'oziga ozgina o'simlik yog'idan surting va tayyorlangan qiymaning bir qismini soling. Qiymani 1sm qalinlikda, to'rtburchak shaklida yoyib chiqing. Ustiga tuxumlarni tering.
7. Folganing bir tarafini o'girib, asta - sekinlik bilan rulet qilib o'rab chiqing.
8. Rulet chetlarini yopishtirib, sekinlik bilan yog' surtilgan pishirish qolipiga joylang. Qiymaning ikkinchi qismi bilan ham shu holni takrorlang ( hohlasangiz bitta katta rulet qilishingiz ham mumkin ). Tayyor ruletlarni 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat davomida pishiring
9. Rulet tayyor bo'lgach, gaz pechidan olib, bo'laklarga bo'lib, dasturxonga tortiq qiling. Tuxumli, go'shtli rulet tayyor !
Kerakli masalliqlar:
1 kg go'sht qiymasi ( mol yoki qo'y go'shti )
6 dona tuxum
1 dona piyoz
2 dona non bo'lagi
Murch, tuz, ziravorlar
O'simlik yog'i