Konserva balig'i qo'shilgan guruchli sho'rva
№ 2479, Joylandi: 19-03-2024
Ko'rildi: 67
Guruchli konserva baliq sho'rva juda ham mazali va to'yimli taomdir. Yangi baliq bo'lmaganda baliq sho'rva uchun ajoyib alternativa bu baliq konservasidir. Eng muhimi, tez va oson tayyorlanadi. Bu sizning oilaviy ovqatlanishingizni qimmatbaho oziqlantirish va ularning ratsionini vitaminlar bilan boyitishning ajoyib usuli.
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usuli:
1. Konserva balig'i qo'shilgan guruchli sho'rva uchun kerak bo'ladigan barcha masalliqlarni tayyorlang.
2. Tayyor bulyonga to'rtburchak shaklda to'rg'algan kartoshkani soling.
3. Kartoshka qaynayotgan vaqt davomida tovada o'simlik yog'ida mayda to'rg'algan piyoz, bulg'or qalampiri va qirg'ichdan o'tkazilgan sabzini qovurib oling.
4. Qovurilgan sabzavotlarni bulyonga solib, o'rta olovda 30 daqiqa qaynating.
5. Guruchni tozalab, muzdak suvda yuving. Guruchni bulyonga solib, 15 daqiqa tayyor bo'lgunga qadar qaynating.
6. Baliq konservasidan baliq bo'laklarini olib, qiltiriqlarini ajrating va qaynab turgan bulyonga soling.
7. So'ng mayda to'rg'algan ko'katlar va ziravorlarni qo'shib, bir qaynatib, olovni o'chiring.
8. Tayyor konserva balig'i qo'shilgan guruchli sho'rvani kosalarga suzing, ko'kat shoqchasi va limon bo'lagi bilan bezating. Konserva balig'i qo'shilgan guruchli sho'rva tayyor !
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
40 gramm guruch
1 banka konservalangan baliq ( qanday turdaligini xoxishingizga bog'liq)
1 dona sabzi
1 dona piyoz
3 -4 dona kartoshka
1 dona bulg'or qalampiri
2 litr bulyon
1 bog'dan ko'katlar ( ukrop va petrushka )
Tuz, murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i