E`lon Joylash
Usti qizarib pishgan, smorodina ifori taralib turagigan bunday pirog kechki ovqat dasturxonida hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Juda mazali bo'lgan ushbu pirogni albatta tayyorlang va yaqinlaringizning kayfiyatini a'lo darajaga ko'taring.

Kerakli masalliqlar:
6 osh qoshiq oliy navli un
1 choy qoshiq kraxmal
0,5 stakan shakar
3 dona tuxum
50 gramm saryog'
50 ml smetana
0,5 choy qoshiq ichimlik sodasi
50 - 100 gramm smorodina
3 choy qoshiq shakar kukuni


Tayyorlanish usuli:
1. Tuxumni shakar bilan birlashtirib, yengil va zich konsentratsiya paydo bo'lguncha mikser tezligini asta - sekin ko'targan holda ko'pirtiring.

2. Saryog'ni eritib, nozik bir oqimda xamirga qo'shing.

3. Smetanani qo'shing.

4. Xamirni venchik yordamida asta - sekin, bir xil massa xosil bo'lgunga qadar aralashtirirng.

5. Un va sirkada o'ldirilgan ichimlik sodasini solib, yaxshilab aralashtiring.

6. Tozalangan smorodina mevalarini kraxmalga bulang. Xamirni saryog' surtilgan pishirish qolipiga solib, ustiga smorodina mevalarini huddi terib chiqilgandek soling.

7. Pirogni 170 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 - 40 daqiqa davomida pishiring. Tayyor pirogni shakar kukuni sepib bezating va dasturxonga torting.


Yoqimli ishtaxa!