Fransuzcha usul bilan tayyorlangan baliq
№ 2478, Joylandi: 19-03-2024
Ko'rildi: 63
Ushbu taom retsepti nafaqat mazali balki, shu bilan birgalikda ishtaxali hamdir. Baliq tayyorlash usullari juda ham ko'p, ushbu retseptning tayyorlanishi o'zining hushbo'y xidini xonadoningizga taratib, barchani stol atrofiga jam qiladi.
Kerakli mahsulotlar:
Tayyorlash usuli:
1. Baliqni avval yaxshilab terisini va ichlarini tozalab oling. Tayyor baliqni mayda bo'laklarga bo'lib oling. Tabga ko'ra tuz va qalampirlarni qo'shib, massani pishiriladigan qolipga soling.
2. Pomidorni yuvib, yumaloq shaklda kesib, baliq ustiga terib chiqing.
3. Pomidor bo'laklari ustidan chayilgan qaymoqni surting.
4. Pishloqni mayda qirg'ichdan o'tkazib, qaymoq ustidan sepib chiqing.
5. Pechda baliqlarni 180 daraja haroratda, 25 daqiqa pishiring. Ajratilgan vaqt o'tgach, pechdan idishni olib, uni bo'laklarga bo'ling.
6. Ta'omga yanada chiroy berish uchun ko'kat shoxchalari bilan bezatib qo'ying.
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli mahsulotlar:
Baliq - 500 gramm
Pishloq - 100 gramm
Pomidor - 1 dona
Qaymoq - 50 ml
Tuz - tabga ko'ra
Qalampir - tabga ko'ra