E`lon Joylash
Xorazmelon.com » Yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar » Pazanda » Pryanikdan tayyorlangan shokolad va bananli tort
Ushbu tortning tayyorlanishi bebaxo vaqtingizni tejashda sizga madad bo'ladi. Pishirishsiz tayyorlanadigan bu tort o'zining noan'anaviy oson va oddiy tayyorlanish usuli, nozikligi va mazali ta'mi bilan sizga va oila a'zolaringizga manzur bo'ladi. Ushbu tortni kundalik hayotda nonushta, tushlik, kechki ovqat uchun desert sifatida tayyorlashingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar:
500 gramm shokoladli pryanik
1/2 kg smetana
3 dona banan
1/4 stakan shakar
Ta'bga ko'ra shokolad
4 osh qoshiq kakao kukuni
Bezash uchun mevalar

Tayyorlash usuli:
1. Shokoladli pryaniklarni bir xil qalinlikda parrak qilib 3ga bo'ling.

2. Krem uchun : smetanaga kakao kukuni va shakarni qo'shib, shakar erigunga qadar yaxshilab ko'pirtiring ( hajmi 1,5 marta ko'payguncha).

3. Bananlarni yumaloq, qalin bo'lmagan shaklda to'rg'ang.

4. Tortni tayyorlamoqchi bo'lgan idishingizga pyanik bo'laklaridan terib chiqing, bo'sh joylarini mayda ushoqlar bilan to'ldirgan holda.

5. Pryanikning birinchi qatori ustiga krem solib, tekistlab chiqing. Ustiga banan tering 6. Ustiga yana pryanikning bir qismini tering, krem surtib, banan tering.

6. Masalliqlar tugagunga qadar shu ketma - ketlikda davom eting.

7. Tort ustini pryanikning ushoqlari va qirg'ichdan o'tkazilgan shokolad bilan bezating. Tortni 24 soatga muzlatgichga qo'ying.

Yoqimli ishtaxa!