E`lon Joylash
Tort "Medovik" - mazali, nozik, xushbo'y va hech ham o'ta shirin emas. Hatto asalni yoqtirmaydigan kishilarning ko'ngliga ham ajoyib lazzatlanishni ulashadi. Har qanday dasturxondan o'z o'rnini egallovchi desert.

Kerakli masalliqlar:
2 osh qoshiq asal
2 dona tuxum
1 choy qoshiq razrexlitel ( yoki ichimlik sodasi )
1 stakan shakar
425 gramm saryog'
3,5 stakan un
ta'bga ko'ra yong'oq
1,5 banka qaynatib quyiltirilgan sut ( Varoniy sgushonka)

Tayyorlash usuli:
1. Suv hammomida 125 gramm saryog', shakar, asalni aralashtirib, eriting. Saryog' erib bir xil massa xosil bo'lishi kerak.

2. So'ngra razrexlitel qoshib, oppoq ko'pik massa xosil bo'lguncha aralashtiring. Suv hammomidan olib, sovuting.

3. Tuxumlarni qo'shib, yaxshilab aralashtiring. So'ng un qo'shib, yumshoq xamir qoring.

4.Tayyor xamirni 6 - 8 bo'lakka bo'lib, hohlagan shaklingizda yoyib chiqing. Yoyib chiqilgan korjlarni 170 - 180 darajada qizdirilgan pechda 5 - 10 daqiqa davomida pishirib oling.

5. Krem uchun : 300 gramm saryog'ni mikserda oppoq, yengil massa xosil bo'lgunga qadar ko'pirtiring.

6. So'ngra, ko'pirtirishni to'xtatmagan holda bir osh qoshiqdan varoniy sgushonkani qo'shib, bir xil massa xosil bo'lguncha ko'pirtiring.

7. Tayyor ko'rjlarni bir - birini ustiga terib, atroflarini kesib oling.

8.Ketma - ketlik bilan korjlarni ustiga kremni sutib chiqing. Korjni eng oxirgi ustki qismi va chetlariga ham krem surting.

9. Hohlasangiz tort chetlari va ustini maydalangan yong'oq bilan, hohlasangiz korj chetlaridan qolgan ushoqlar bilan bezating.

10. Dasturxonga tortishdan avval yalpiz shoxchasi va bir dona qulupnay bilan bezatishingiz mumkin.

11. " Medovik " torti tayyor!