E`lon Joylash
Xorazmelon.com » Yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar » Pazanda » Qadimgi retsept bo'yicha "Praga" torti
"Praga" tortini bugun sizlar bilan qadimgi retsept bo'yicha tayyorlaymiz. Azizlar bu tort o'zining yumshoq biskvit noni va nozik, mazali ta'mga ega bo'lgan kremi bilan bayramona dasturxoningizga ko'rk bag'ishlaydi. Dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi.

Kerakli masalliqlar:
1,5 stakan un
2 stakan shakar
1 - 2 osh qoshiq smetana
6 osh qoshiq sgushonka
2 dona tuxum
2 choy qoshiq ichimlik sodasi
7 choy qoshiq kakao kukuni
300 gramm sariyog'
0,6 litr sut
4 osh qoshiq mannaya krupa
0,5 choy qoshiq vanilin
3 mi konyak
25 dona yong'oq

Tayyorlanish usuli:
1. Tuxumlarni va 1 stakan shakarni ko'pirtiring, smetanani qo'shing, 2 choy qoshiq ichimlik sodasini sirkada o'ldirib qo'shing, sgushonka, 4 osh qoshiq kakao kukuni qo'shib mikserda aralashtiring. So'ng 1,5 stakan unni qo'shib yana aralashtiring.

2. Aralashmaning yarmini oldindan yog'langan pishirish qolipiga soling. Oldindan 130 - 140 darajada qizdirilgan pechda 30-40 daqiqa pishiring. Pechning kuchiga qarab harorat va tayyorlash vaqti o'zgarishi mumkin. Pishiriqni tish pichog'i bilan tayyor bo'lganini tekshiring. Tish pichog'i quruq chiqsa biskvit noni pishgan bo'ladi.

3. Biskvit noni qolipdan oson olinishi uchun uni sovuq suv bilan namlangan matoga qo'ying. Ikkinchi biskvit noni bilan ham huddi shunday ish tuting. Biskvit nonlari tayyor bo'lgandan so'ng kremni tayyorlashga o'ting.

4. Oldindan manniy kashasini pishirib oling ( sovutilgan holda bo'lishi kerak). 3 - 4 osh qoshiq manniy krupasi, 0,5 litr sut va 0,5 stakan shakar. Kasha qo'yiq holda bo'lishi lozim. Sovutish uchun muzlatgichga qo'ying.

5. 200 gramm sariyog'ni ko'pirtiring, so'ng oz - ozdan manniy kashasini qo'shing va 2 choy qoshiq konyak qo'shib, aralashtiring. Krem qo'yiq holda bo'lishi kerak. 10 - 15 daqiqaga muzlatgichga qo'ying.

6. Biskvit nonlarini olib, har birini 2 qismga bo'ling. Biskvit nonining ustki qismlarini olib, pstgi qismiga krem surting va maydalangan yong'oqdan seping. Qolgan biskvit nonlarini qo'yib shu holda tortni terib chiqing.

7. Tortning usti qismini glazur bilan qoplang. Glazur tayyorlash uchun : kastryulkada 100 gramm saryog'ni eriting, 8 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq sut va 2 osh qoshiq kakao kukunidan qoshib, doim aralashtirgan holda 5 daqiqa qaynating. Glazurni olovdan olishingiz bilan tort ustiga aylantirib quyib chiqing.

8. Tortning ustini yong'oq bilan bezating. Shuning bilan tort tayyor!

Yoqimli ishtaxa!