E`lon Joylash
Xorazmelon.com » Yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar » Pazanda » Pishloqli va tovuqli fransuzcha sho'rva
Tayyorlanishi murakkab bo'lmagan pishloqli va tovuqli fransuzcha sho'rva yengil parxez taom bo'lib, nozikligi va hushbo'y ta'mi bilan tushlik vaqtida ko'nglingizga juda ham manzur bo'ladi.

Kerakli masalliqlar:
Tovuq filesi 500 gramm
Yumshoq pishloq 200 gramm
Kartoshka 400 gramm
Piyoz 150 gramm
Sabzi 180 gramm
Lazzatlantirish uchun sariyog'
Tabga ko'ra tuz
Ziravorlar, murch
Ko'katlar
Qatirilgan non

Tayyorlash usuli:
1. 3 litrlik kastryulkaga go'sht soling va suv quying. Bulyon qaynagach, 1 choy qoshiq tuz, 2 dona qora qalampir no'xati va qora murch qo'shing. Bulyon qaynashni boshlagandan so'ng o'rta olovda yana 20 daqiqa qaynating. Keyin go'shtni olib qo'ying.

2. Kartoshkani tozalab, mayda to'rtburchak shaklida kesing. Piyozni ham mayda to'rg'ang, sabzini qirg'ichning katta tarafidan o'tkazib oling.

3. Go'shtni katta bo'lmagan bo'laklarga bo'ling. Pishloqni hohishingizga ko'ra uncha katta bo'lmagan bo'laklarga yoki qirg'ichning katta tomonidan o'tkazing.

4. Qaynab turgan bulyonga kartoshkani solib 5 - 7daqiqa qaynating.

5. Ushbu vaqt mobaynida piyoz va sabzini saryog'da qovurib, tuz va ziravorlarni qo'shing. Qovurmani bulyonga solib yana 5 - 7 daqiqa qaynating.

6. So'ngra kesilgan go'shtni qo'shib 3 - 4 daqiqa qaynating va pishloqni qo'shib olovni o'chiring.

7. Sho'rvani dasturxonga tortishdan avval ko'katlar bilan bezating va qatirilgan non bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!