E`lon Joylash
Pankek yoki amerikancha pankek. Uahbu pishiriq AQSh va Kanadaning eng keng tarqalgan taomlaridan biri hisoblanadi. Uncha katta bo'lmagan bu yumaloq quymoqlar har kungi nonushtaning bir qismidan joy egallaydi.

Kerakli masalliqlar:
2 dona tuxum
1 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq shakar
2 stakan sut
2 stakan un
1 choy qoshiq ichimlik sodasi
¼ chashka o'simlik yog'i

Tayyorlash usullari :
1. Oppoq ko'pik paydo bo'lguncha tuxumlarni shakar va tuz bilan ko'pirtiring.

2. 1 stakan sut qo'shib, ko'pirtirishda davom eting va oz - ozdan 1 stakan unni qo'shib yaxshilab aralashtiring.

3. Qolgan 1 stakan sut va 1stakan unni qo'shib 2 usulni takrorlang.

4. O'simlik yog'ini quying. ( eritilgan sariyog' qo'shishingiz ham mumkin)

5. Xamirga ichimlik sodasini qo'shing va 5 - 10 daqiqaga chetga olib qo'ying. Bu daqiqa davomida pankeklarni pishirish uchun skovorodkani qizdirib oling.

6. Pankeklarni o'rtacha olovda pishiring. Pufakchalar hosil bo'lib, yorilishni boshlagandagina to'ntaring, yana 20 soniya davomida pishiring.

7. Tayyor pankeklarni murabbo, asal yoki shirin sharbatlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Pankeklarni bezatish uchun mevalar va shakar kukunidan foydalaning.

8. Pankeklar tayyor !

Yoqimli ishtaxa !