E`lon Joylash
Mo'jizali, hushbo'y va mazali unsiz pirog, yoki xozirgi kunda aytiladigan glyutensiz ushbu pirog tez tayyorlanishi bilan sizga va oila a'zolaringizga har kuni manzur bo'ladi.

Kerakli mahsulotlar :
180 gramm sariyog'
270 gramm shakar kukuni
270 gramm mak
7 dona tuxum
1 limon qobig'i
3 osh qoshiq propitka uchun spirtli ichimliklar (limonchello yoki likor)
Bir chimdik tuz


Tayyorlash usuli:
1. Tuxum oqni sarig'idan ajratib oling.

2. Quruq makni kofemolka yordamida maydalang. Limon po'stini qirg'ichdan o'tkazib oling.

3. 180 gramm shakar kukuni bilan uy sharoitida yumshatilgan sariyog'ni ko'pirtirib oling.

4. So'ngra bir donadan tuxum sarig'ini qo'shib, quyuq holga kelguncha ko'pirtirishda davom eting.

5. Maydalangan mak va limon po'stini qo'shib, aralashtiring.

6. Tuxum oqiga qolgan shakar kukunini oz - ozdan qo'shib ko'pirtiring.

7. Tuxum oqini tayyorlangan massaga bir necha marotabadan qo'shib, asta - sekinlik bilan yuqoridan tepaga, bir xil massa hosil bo'lgunicha aralashtiring.

8. Xamirni pergament bilan qoplangan qolipga soling. Yonlarni hech qanday yog' bilan surtmang.

9. Pirogni 180 darajada qizdirilgan pechda 40 daqiqa davomida pishiring.

10. Tayyor pirogni pechdan olib, xamir uchun pichoqda qolip devorlarini yurgizib chiqib, spirtli ichimlikda emdirib va sovuting.

11. Shuning bilan unsiz makli pirog tayyor!

Yoqimli ishtaxa!