E`lon Joylash
Bugun sizlar bilan tayyorlaydigan pishirig'imiz o'zining nozikligi va hushbo'y ta'mi bilan ko'nglingizga manzur bo'ladi. Unga qo'shilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, yagona va ajoyib ta'mni sizga tortiq qiladi. Ushbu keksni bayramona dasturxon uchun tayyorlasangiz, mexmonlaringiz uchun juda ham manzur bo'ladi.

Kerakli masalliqlar:
Diametri 24 sm qolip uchun.
Mevali nachinka uchun:
350 gramm qora olxo'ri
200 gramm qora mayiz
200 gramm jigarrang mayiz
200 gramm jigarrang shakar
200 gramm asal
200 gramm sariyog'
150 ml apelsin sharbati
2 ta katta apelsin
100 ml rom (konyak, brendi, viski),
2 osh qoshiq. kakao kukuni
1 choy qoshiq muskat yong'og'i

Xamir uchun :
3 dona tuxum
75 gramm qovurib maydalangan bodom
150 gramm un
1 choy qoshiq ichimlik sodasi va qabartma


Tayyorlash usuli:
1. Qora olxo'rini mayda to'rtburchak shaklida to'rg'ang.

2. Sariyog'ni uncha katta bo'lmagan to'rtburchak shaklida to'rg'ang.

3. Mevali nachinka uchun masalliqlarni barchasini o'rta olovda sariyog' va asal erigunga qadar qaynating va 10 daqiqa pishiring. Olovdan olib iliq holga kelguncha sovuting.

4. Gaz pechini 150 darajada qizdiring, pishirish qolipiga pergament qog'ozini yoyib chiqing.

5. Unni ichimlik sodasi va qabartma bilan aralashtiring.

6. Tuxumni un aralashmasiga qo'shib, sanchqi yordamida bir xil massa xosil bo'lgunicha aralashtiring.

7. Bodomni yaxshilab maydalang.

8. Iliq holdagi mevali aralashmaga tuxumli massa va bodomni qo'shib, aralashtiring.

9. Stol ustiga un sepib tayyor massani yaxshilab aralashtirib, tezkorlik bilan qolipga joylab, 1 soat davomida 150 darajada pishiring.

10. Bir soatdan so'ng keksni gaz pechidan butunlay chiqarishdan avval tish pichog'ida tekshiring, tayyor bo'lmagan bo'lsa 10 - 15 daqiqa pishiring.

11. Tayyor keksni 5 daqiqa qolipda sovutin, so'ngra qolipdan olib butunlay sovuting.

12. Keksni dasturxonga tortishdan avval ustiga shakar kukunidan seping.

Bayramona keks tayyor!

Yoqimli ishtaxa!