E`lon Joylash
Ushbu tortning mazasi achchiq, achchiq - shirin ta'mni beradi. Agar siz tort mazasi shirin bo'lishini xoxlasangiz ko'proq shakar qo'shishingiz mumkin.

Kerakli mahsulotlar: (6 porsiya)
Qora shokolad 70%
Kakao 200 gr
Zaytun moyi 120 gr
Tuxum 5 dona
Tabga ko'ra shakar kukuni va kakao kukuni
Ekspress qahvasi 90 ml

Tayyorlash usuli:
1. Gaz pechini 170 - 180 'da qizdirib oling.

2. Shokoladni quyuq holga kelgunga qadar suvli hammomda eritib turing. Shokolad eritilayotgan idishlar qaynayotgan suvning pastiga tegmasligi kerak, aks holda u kuyib qolishi mumkin.

3. 115-120 ml zaytun moyi bilan issiq shokolad aralashtiring.

4. Tuxumlarni oldindan muzlatgichdan olib qo'ying. Xona haroratida turgan tuxumlarni oqni sariqlardan ajrating.

5. Tuxum oqlarini qattiq ko'pik holiga kelgunga qadar ko'pirtiring.

6. Tuxum sariqlarini shakar kukuni bilan ko'pirtiring.

7. Zaytun yog'i qo'shilgan shokoladga 90 ml ekspress qahvasini qo'shib, ko'pirtirilgan tuxum oqini qo'shib bir xil massa hosil bo'lgunga qadar bir tarafga sekin aralashtiring.

8. Tayyor bo'lgan massani tort qolipiga quyib, 15 - 20 daqiqa davomida pishirib oling.

9. Tayyor bo'lgan tort ustiga bezak berish uchun shakar kukuni hamda kakao kukunidan seping.

10. Shokoladli tortimiz tayyor !


Yoqimli ishtaxa!