E`lon Joylash
Ozgina klassika - "Qora o'rmon". Bu tort 3 ta ajoyib, shirin, shokoladli korjdan, kremi esa yumshoq pishloq va gilosdan tayyorlanadi. Tort ko'p qavatli ekaniga qaramay tayyorlanishi juda ham oddiy. Mazasi esa juda ham mazalidir.


Kerakli mahsulotlar:
50 gramm sariyog'
180 gramm un
20 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq razrexlitel
1 choy soda
Bir chimdim tuz
225 gramm jigarrang shakar
1 ta katta tuxum
160 ml qo'yiq smetana
100 ml qaynatilgan suv
1 ta vanilin tayoqchasi
Nachinka uchun:
1 banka konserva gilosi yoki 250 gramm muzlatilgan gilos
0.5 choy qoshiq kraxmal
2 osh qoshiq shakar ( gilos uchun)
1 osh qoshiq limon sharbati

Biskvit nonini emdirish uchun:
100 ml gilos sharbati (konservalangan gilosdan)
3 osh qoshiq. jigarrang shakar

Shokoladli ganash uchun:
50 gramm shokolad
100 ml qaymoq
1 osh qoshiq. sariyog'

Krem:
250 gramm pishloq (filadelfiya)
60 gramm shakar kukuni
100 ml qaymoq

Bezatish:
Shokolad, gilos , yangi yoki muzlatilgan mevalar


15 sm diametrli 3 ta pishiradigan qolipingiz mavjud bo'lsa, 3ta biskvit nonini birdaniga pishirib olishingiz ham mumkin. Bo'lmasa, 1 ta baland biskvit nonini pishirib, 3 qismga bo'lsangiz ham bo'ladi.

Tayyorlash usullari:
1. Gaz pechini 175 darajada qizdirib, qoliplarni sariyog' surtib tayyorlang.
2. Un, kakao, razrexlitel va sodani bir idishga aralashtiring. Tuz, shakar, tuxum, smetana, yumshoq sariyog' va qaynoq suv qo'shing. Bir xil silliq massa holiga kelgunga qadar aralashtiring. Xamirni qolipga solib, taxminan 20 daqiqa pishirib, gugurt tayoqchasi bilan tayyor bo'lishini tekshirib ko'ring (u quruq chiqish kerak). Tayyor biskvitni pechdan chiqarib, 10 daqiqa qolipda sovuting, so'ng ehtiyotkorlik bilan olib va to'liq sovuting.
3. Gilos nachinkasini tayyorlash. Kostryulkaga gilos, shakar va limon sharbati qo'shib, qaynating va o'rtacha olovda 15 daqiqa davomida pishiring. 1 osh qoshiq suvga 1 osh qoshiq kraxmal qo'shib, chaying va pishirilgan gilosga qo'shib aralashtiring, sovutishga olib qo'ying.
4. Biskvit nonini emdirish uchun gilos sharbatiga 3 osh qoshiq jigarrang shakar qo'shib, shakar erigunga qadar qaynating.
5. Tayyorlangan gilos sharbatini biskvit noniga yaxshilab surtib chiqing.
6. Krem tayyorlash. Pishloq va shakar kukunini ko'pirtiring. Aloxida idishda qaymoqni ko'pirtirib, pishloqli massaga qo'shib, bir xil silliq massa xosil bo'lgunicha asta - sekinlik bilan aralashtiring.
7. Tortni yig'ish uchun laganga birinchi biskvit nonini joylashtiring, ustiga tayyor kremni surting, krem ustidan gilosning yarmini soling. Ustiga ikkinchi biskvit nonini qo'yib, ustiga krem surtib, qolgan gilosni soling, uchinchi biskvit nonini yopib, 20 daqiqaga muzlatgichga qo'ying. Agarda tort ustini gilos bilan bezatishni xoxlasangiz bir necha dona qoldirishingiz mumkin.
8. Shokoladli ganash tayyorlash uchun suv hammomida shokoladni yaxshilab eriting. Aloxida idishda qaymoq va sariyog'ni eritib, shokoladga qo'shib, silliq massa xosil bo'lgunicha aralshtiring. 10 daqiqadan so'ng ganashni tort ustidan atroflatib quyib chiqing.
9. Shundan so'ng tortni muzlatgichga qo'ying.

Dasturxonga tortishdan avval qolgan mevalar va shakar kukuni bilan bezating.

" Qora o'rmon " torti tayyor!