Spiral qo’ydirish zararlimi?
№ 1593, Joylandi: 10-12-2022
Ko'rildi: 226
Bitta bolam bor. Homiladorlikdan saqlanish uchun spiral qo‘ydirganman. Hidli ajralma bezovta qilgani bois davolandim. Hozir ahvolim yaxshi. Biroq hayz siklim tiklanganicha yo‘q. Ikki kun kelib, ikki-uch kun to‘xtab qoladi. So‘ng yetti kunga cho‘zilib ketadi. Jinsiy aloqa vaqti ham ostimda achishish sezilayapti. Buning sababi nima bo‘lishi mumkin?
Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:
Spiral ta’sirida turli bezovtaliklar yuzaga kelishi mumkin. Sizning holatingizda shunday bo‘layotganga o‘xshaydi. Shifokorga uchrab, spiralni oldiring-da, 3-6 oy davomida homiladorlikdan saqlovchi dori iching. Bu vaqtda jinsiy a’zolar shamollashi, ajralmalar va boshqa bezovtaliklarga qarshi muolaja olishingiz mumkin. Spiral qo‘ydirgan har bir ayol sog‘lig‘iga ahamiyat berishi lozim. Vaqti-vaqti bilan turli maz, surtma va shamchalardan foydalanib turish tavsiya etiladi.
Manba: dnk.uz