Tong paytida jinsiy aloqa qilish zararli emasmi?
№ 1567, Joylandi: 9-12-2022
Ko'rildi: 161
Savol: Ertalab ham er-xotin birga bo‘lishi mumkinmi? Havfli joyi yo‘qmi?
Tongda er-xotin jinsiy munosabatda bo‘lishi nafaqat zararsiz, balki foydalidir ham!
Birinchidan, bu er-xotin kun mobaynida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishini ta’minlaydi;
Ikkinchidan, ertalabki jinsiy aloqa sifatliroq bo‘ladi. Chunki erkak va ayolning jinsiy gormonlari ertalab avjida bo‘ladi, bu esa aloqa yoqimli bo‘lishini ta’minlaydi.
Uchinchidan, ertalab erkakning jismoniy kuchi ko‘proq bo‘ladi;
To‘rtinchidan, ertalab charchov bo‘lmaydi, bu esa yoqimli aloqa garovidir;
Homilador bo‘lish niyatidagilarga aynan tonggi jinsiy aloqa tavsiya etiladi. Chunki kunning bu davrida erkak spermatozoidlari kuchi ko‘proq bo‘ladi.
Beshinchidan, tonggi jinsiy aloqa ertalabki jismoniy mashg‘ulot o‘rnini bosib beradi;
Oltinchidan, ertalabki jisniy munosabatlarni xush ko‘radigan juftliklar stress va depressiyaga kam uchrashi aniqlangan.
Manba: dnk.uz