Jinsiy yaqinlikda lazzat his qilmasa nima bo’ladi?
№ 1556, Joylandi: 8-12-2022
Ko'rildi: 179
Yoshim 24 da. Turmush qurganimga 7 oy bo‘ldi, ammo turmush o‘rtog‘im bilan birga bo‘lganda lazzat his qilmayman. 7 oy ichida bor yo‘g‘i 5-6 marta orgazm his qildim. Hozirgi kunlarda esa hech nima his qilmayapman. Hatto qin sohamda namlanish ham yo‘q. Homilador bo‘lmayapman, bunga sabab hissizligim bo‘lishi ham mumkinmi? Buni qanday bartaraf qilishim mumkin. Iltimos, maslahat bersangiz.
Javlon Abdullayev, shifokor:
Ha, hissizlik homilador bo‘la olmayotganingizga sabab bo‘lishi mumkin, chunki qin sohangiz namlanmayotgan ekan. Agar namlansa, unda hissizlik, lazzat his qilmaslik ham sabab bo‘lmas edi. Chunki qin namlansa urug‘ hujayrasi (spermatozoid) bachadon ichiga kirsa bo‘lardi, lekin qin ichi quruq bo‘lsa, spermatozoidlar kirishi ancha kiyinlashadi.
Hissizlikni davolash uchun dori shart emas, turmush o‘rtog‘ingiz bilan buni chorasini ko‘rishingiz kerak. Masalan, bunga nima sabab bo‘lishi mumkin? Agar har xil sabab bilan asabingiz buzilayotgan bo‘lsa, asabni tinchlantirish kerak. Jinsiy yakinlikdan oldin romantik, xissiyotlarni uyg‘otadigan atmosfera hosil kilish kerak. Keyin birdaniga «ishga» kirishmasdan, er-xotin bir-birlarini erkalab, har xil erogen (hissiyotlarni kuchaytiradigan) joylarga ta’sir qilib, romantik gap-so‘zlar bilan gaplashsa ham odamning hissiyoti ancha kuchayadi.
Shuni tushunish kerakki, jinsiy aloqa — bu oddiy 5-10 minutlik yaqinlashish emas. Buni o‘ziga xos nozik jihatlari bor, bunga «shunchaki oddiy» e’tibor bilan qaralsa, undan lazzatlanish, albatta, yo‘q bo‘lib ketadi, ayniqsa ayollarda. Agar sizda jiddiyroq muammo yuzaga kelsa, shifokor seksopatolog mutaxassiga uchrashishib maslahat olishingiz mumkin.
Manba: dnk.uz