Jinsiy aloqa davomiyligi qancha bo‘lishi kerak? Me’yor bormi?
№ 1552, Joylandi: 7-12-2022
Ko'rildi: 160
Kasbim sababli qachonki to‘y-hasham va tadbirlarda o‘tirib qolsam, aksari hammasi doktor qabuliga aylanib ketadi. Bir kuni bir katta yig‘ilishda o‘tirgandik. Hamma kamida 10-15 yil oilaviy hayot kechirgan, bir nechadan farzandi bor odamlar edi. Bir kishi “ayolimni qondirganimni qanday bilsam bo‘ladi”, “jinsiy aloqa normasi qancha, qancha davom etishi kerak, aniq me’yori qanaqa” deb so‘radi. Qoshiq vilkalar tiriq tiriq qilishi birdan to‘xtadi. Bilsam xonada pashsha xam uchib yurgan ekan. Lekin negadir pashsha uchishdan to‘xtamadi. Holatni darhol tushundim. Pashsha hammasini bilardi va uddalardi.
Jinsiy aloqa NORMASI o‘zi o‘ta BAXSLI mavzu. Hattoki mutaxassisu olimlar orasida ham. Xar holda Yevropa va Amerika Andrologiya va Seksologiya Assotsiatsiyalari, (qaysiki bu Assotsiatsiyalar dunyoning eng nufuzli doktor va olimlarini o‘ziga jam qilib birlashtirib Andrologiya va Seksologiya sohasi bo‘yicha tavsiyalar beradigan eng nufuzli tashkilot), dunyo olimlari bir to‘xtamga shu kungacha kela olishmagan.
Holat, albatta, tabiiy. Nimaga deysizmi ? Quloq soling….
Ko‘p tortishuv va bahslashuvlar raundlaridan keyin nisbiy norma deb 3-4-5 minut qabul qilingan, lekin bunga qarshi olimlar ko‘p. Men (tajribam va bilimimdan kelib chiqqan holda) ham. Aslida jinsiy aloqa uzoqligini 3-4-5 minut deb belgilanishi haqiqiy norma deb tan olinishi ma’nosida emas, balki kimlarning davolanishga muhtojligini aniqlash, diagnostika, klassifikatsiya va ilmiy tadqiqtlar maqsadida belgilangan.
Uzr endi xursand bo‘lishni boshlaganmidingiz 😉 !?
Sababi oddiy. Bir o‘ylab ko‘ring, taom OSHPAZ emas XO‘RANDA iste’mol qiladi. Bas, shunday ekan XO‘RANDA BAHOLAYDI. Va xo‘randa haq.
Ovqatni QORINNI TO‘YDIRISH uchun iste’mol qilinadi, ISHTAHA OCHIB QO‘YISH uchun emas. Yo‘q deydiganlar ham bormikan-a !!!!
Erkak eyakulyatsiya qilib urug‘ to‘kkani qorni to‘ygani. Bechora xo‘randachi. “Kechirasiz NORMADA shunaqa yozilgan” deymizmi!? Qorni ochga bu manzur bo‘larmikan…. !?!?
Oshpazning “Nega!? kechirasiz, taomga ohu go‘shti, qimmatli chin ziravorlari, italyan parmezan pishlog‘i solganman»i BЕFOYDA. To‘g‘ri emasmi ?!?! Shuning uchun jinsiy aloqa uzoqligi har bir oilada ER-XOTIN ORASIDA hal qilinishi kerak.
Balki, qaysidir oila 1 minutga BAXTLI onlar nashidasini surib HAYOTNING YORQIN TARAFIDA bo‘lsa, boshqa bir oila esa 10 minut yoki 30 minutga AJRALISH yoqasida va iztirobdadir. Shunaqa!!!
Lekin suhbatni ERKAKLAR uchun yoqimli notada yakunlamoqchiman. Jinsiy aloqa vaqtining o‘zigina HAL QILUVCHI faktor emas. Xar holda SIFAT degan ko‘rsatkichi hali hech kim BЕKOR qilmagan. Ozu, lekin shirin…. 😜 . Urraa !!! (eshitildimi yoki tuyuldimi ?!). Voajab, bu dono xalq maqolimizning boshqa bir talqinimasmikan-a.
Endi mendan rozimisiz 😁 !?
Sog‘-salomat bo‘ling.
Uzoq yillararo, uzoq soatlab “Oilaviy baxt” tilab, seksopatolog Fayzullo Tursunovich.
Manba: dnk.uz