Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar
№ 1535, Joylandi: 6-12-2022
Ko'rildi: 154
Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar
Og'iz bo'shlig'ini tozalaydi
Ilmiy tadqiqot hulosalariga ko'ra, qora choy tarkibidagi polifenollar og'iz bo'shlig'i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan ximoya qiladi.
Yurakka foyda
Evropalik olimlar kun davomida 3-4 piyola choy ichadiganlarda yurak hastaliklarining yuzaga kelish havfi 21 foizga kamayishini isbotlashgan. To'g'ri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo me'riyoda bo'lsa, havotirga o'rin yo'q.
Saraton profilaktikasi
Ma'lumotlarga ko'ra, qora choydagi polifenol xamda katehin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini o'taydi. Evropalik olimlar tomonidan o'tkazilgan ilmiy tadqiqot hulosasi esa qora choy iste'mol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish havfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini ko'rsatgan.
Suyaklarni mustaxkamlaydi!
Mazkur ichimlik tarkibidagi fitokimyoviy moddalar suyaklar mo'rtlashuvidan ximoyadir. Shu bois qora choy ihlosmandlari orasida artrit kasalligi kam uchrar ekan.
Zo'riqishdan xalos etadi!
Kun davomida toliqqan bo'lsangiz achchiq damlangan qora choy ichish xayotiy quvvatingizni tiklab, kayfiyatni ko'taradi. Shu bilan birga asablarni xam tinchlantiradi. Aminokislotalar xisobiga muntazam qora choy ichish kortizol – stress gormoni miqdorini pasaytiradi.
Immunitet yahshilanadi!
Alkilomin antitanachalari immun tizimini rag'batlantirsa, oshlovchi moddalar viruslarga chidamlilikni ta'minlaydi. Demakki, shamollash, tumov yoxud yo'tal alomatlarida issiq qora choy ayni muddao.
Moddalar almashinuvi faollashadi!
Choydagi oshlovchi moddalar terapevtik ta'sirga ega. Shundan bo'lsa kerak oshqozondagi og'irlikni bartaraf etib, xazm faoliyatini yahshilaydi. Qolaversa organizmda moddalar almashinuvini xam faollashtiradi.
Tetiklashtiradi!
Ertalabdan qo'lingiz ishga bormasa yoki kayfiyatingiz pand bersa, bir piyola qora choy iching. Olimlar fikricha, achchiq damlangan qora choy organizmni tetiklashtirib, aqliy faollikni oshiradi.