E`lon Joylash
Xorazmelon.com » Yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar » Salomatlik » Xotirani mustahkamlash - usullari, kuchaytirish, yaxshilash va rivojlantirish sirlari

Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti davomida noquaylik sezadi va bu jiddiy nevrozlar, depressiyalarga olib keladi. Agar xotiraning buzilishi uzoq davom etsa, bu insonni mehnat qilish qobiliyatidan mahrum etib, nogironlikka olib kelishi mumkin. Ko‘p hollarda qariyalar xotira pasayishi tufayli hayot davomida oddiy yumushlarni ham bajara olishmaydi. Qarilik tufayli xotira zaiflashuvini odatda tuzatib bo‘lmaydi, ammo yoshlikda kuzatiladigan bunday muammolarni tuzatsa bo‘ladi.

Xotira bilan bog‘liq muammolarga hatto bolalar ham duch kelishadi. Bunday muammolarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki inson kelajakdagi hayotiy qobiliyatlari xotira bilan chambarchas bog‘liq. Bolalar xotira pastligi tufayli o‘qishdan ortda qoladi, ta’lim olish muassasalariga borgisi kelmaydi, bola asabiy, jaxldor va yig‘loqi bo‘lib qoladi. Muammoga e’tiborsizlik qilinsa, unda xotirani rivojlantirish qiyin bo’ladi, shu sababli choralarni o’z vaqtida ko’rish kerak.

Hozirgi kunda xotirani yaxshilash uchun medikamentoz terapiya va xalq tabobati vositalarini qo’llash mumkin. Agar xotira juda ham pasaygan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

XOTIRANING BUZILISHI: U NEGA PASAYADI?
Inson xotira funktsiyasining mexanizmi juda ta’sirchan, u ko‘pgina sabablar natijasida buzilishi mumkin. Shifokorlarning fikricha, xotiraning pasayishiga quyidagi bir qator omillar sabab bo‘lishi mumkin:

Jismoniy va aqliy zo’riqish.
Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash.
Surunkali uyqusizlik.
Surunkali stress.
Kuchli stressni boshdan kechirish.
Tamaki mahsulotlari chekish.
Alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish.
Narkotiklar qabul qilish.
Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar.
Insult.
Kalla suyagi jarohatlari (ochiq va yopiq).
Qalqonsimon bez kasalliklari.
Qon tomirlar kasalligi.
Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi.
Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish.
Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganida yoki yuqori sinfga o‘tganida ular xotira pasayishi seziladi, bu bola miyasining zo‘riqishi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni koyimasliklari zarur.

XOTIRA PASAYISHI BELGILARI
Xotira pasaygan holatlarning barchasida ham davolash talab qilinavermaydi. Medikamentoz davolash va xalq tabobati bilan muolajalar o‘tkazish uchun ko‘rsatma – xotiraning qisqa muddatlarda tiklanmasligi bo‘ladi. Masalan:

Biron bir narsani esda saqlab qolishga istak bo‘lsada, ularni yodda saqlab qola olmaslik;
Doimiy unutib qo‘yish;
Katta hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyati yo‘qolishi.
XOTIRANI KUCHAYTIRUVCHI DORILAR
Yosh bolalarga xotirani kuchatirish uchun dorilar mutaxassis ruxsatisiz, o’zbvoshimchalik bilan berilishi taqiqlanadi. Dorilar, ularning dozirovkasi va davomiyligi shifokor tomonidan buyuriladi.

Kattalar charchash, aqliy zo‘riqish, uyqusizlik va stress holatlarida quyidagi preparatlar buyurilishi mumkin:

Glitsin.
Intellan.
Pantogam.
Vitrum memory.
Pirasetam.
Alfagin.
Bundan tashqari kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi neyrotrop dorilar ham belgilanishi mumkin:

Aminalon.
Bilobil.
Tanakan.
Fenotropil.
Noutropil.
Aktovegin.
XOTIRANI KUCHAYTIRISH UCHUN MASHQLAR
Xotirani yaxshilash va kuchli qilish uchun, ish joyida ham bajarsa bo‘ladigan, har qanday yoshdagi insonlar uchun to‘g‘ri keladigan mashqlar bor.

Samarali mashqlardan biri rasmlarni eslab qolish. Bunday mashqni o‘tkazish uchun biron bir qiziqarli rasm olish kerak, unda 10 tadan 15 tagacha bo‘lgan jism, hayvon va shu kabilar bo‘lsin. Ushbu rasmga 60 soniya davomida diqqat bilan qarang va u yerdagi narsalarni eslab qolishga harakat qiling. 60 soniya o‘tgandan keyin rasmni berkitib, eslab qolgan narsalaringizni ayting yoki ularni yozing. Bunday mashqni bolalar bilan o‘yin sifatida o‘tkazsangiz, bolaning kayfiyati ham ko‘tariladi. Faqatgina bir rasmdan emas, 2-3 xil rasmlar bilan mashq qilganingiz afzalroq.

Sanash – xotirani kuchaytirish uchun yaxshi mashq. Bu samarali usul bo‘lib, 1 dan 20 gacha yoki 20 dan 1 gacha bo‘lgan sonlarni parallel ravishda sanash kerak. Masalan: 1, 20, 2, 19, 3, 18 va hokazo. Har kuni ushbu mashqni takrorlab 10 ta songa oshirib boring va 100 gacha yeting. Mashqni uyqudan oldin bajarsangiz ancha samarali bo‘ladi. Agar inson sonlarning boshqa tillardagi talaffuzini bilsa, parallel ravishda o‘z tili va boshqa tilda sonlarni sanash xotirani tiklashga tezroq yordam beradi.

Xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan biri “chapaqay” qo‘l mashqini bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi kuchayadi va xotira tiklanishi yaxshilanadi.

Xotira mashqi sifatida o‘qish paytida ikkita bir xil kelgan harflarni topish va ularga e’tibor qaratish ham miyani ishlashga majburlaydi. Sizga yaxshi tanish bo‘lgan jism yoki xonaning ta’rifi haqida batafsil ma’lumot bering, u yerda joylashgan buyumlarni birma bir sanab o‘ting. Bu ham miyaning turli xil qismlarini ishlatib, xotirani kuchli qilishga yordam beradi.

XOTIRANI MUSTAHKAMLASH USULLARI: XALQONA VOSITALAR
BOLALARDA XOTIRANI KUCHAYTIRISH
Eng oddiy va mazali bo‘lgan, xotirani kuchaytirishga yordam beradigan mahsulot – banandir. Shunchaki bolaga och qoringa 1 dona va uyqudan oldin 1 dona banan berish kerak. Banan tarkibiga kiruvchi moddalar miyada qon aylanishiga va asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari banan iste’mol qilish stress holatidan olib chiqishga ham yordam beradi, stress esa bolalarda xotira zaiflashuvining bir sababidir.

Asal va yalpiz ham xotirani mustahkamlash xususiyatiga ega. Ulardan dorivor ichimlik tayyorlash uchun 1 choy qoshiq yalpiz (quritilgani) olib, 2 stakan qaynagan suvga solinadi, eritmani 30 daqiqa og‘zi yopiq idishda saqlab, so‘ng unga 2 choy qoshiq asal qo’shiladi. Bunday ichimlikni bolaga kun davomida berib turish kerak. Asal va yalpiz nafaqat xotirani mustahkamlaydi, balki immunitetni ham oshiradi.

Xotirani davolash uchun salat. Qirg‘ichdan chiqarilgan sabziga mayiz va yong‘oq va yogurt qo‘shib, bolaga bering. Bundan tashqari, salatga asal ham qo‘shsa bo‘ladi. Uning tarkibidagi moddalar asab tizimi zo‘riqishlari, stressdan xalos etib, xotirani mustahkamlashga yordam beradi.

KATTALARDA XOTIRANI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Qarag‘ay qubbasi – bosh miyaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Dorivor vosita tayyorlash uchun 1 choy qoshiq qarag‘ay qubbasi olib, 250 ml suvda 10 daqiqa qaynatiladi. So‘ng aralashma sovutiladi. Bunday aralashmani 2 choy qoshiqdan 3 marta, ovqatdan keyin qabul qiling. Ovqatdan oldin bunday vositani qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki u oshqozonga qo’zg’atuvchi ta’sir etishi mumkin.

Tuxum sarig‘i ham xotira uchun foydali hisoblanadi. Avvalo, qaynataligan tuxum sarig‘idan 3 dona olib, uni asal bilan yaxshilab aralashtirish kerak. Uni och qoringa iste’mol qiling. Davolash muddati 1 oy. Kutilgan natija 1 hafta ichida bilina boshlaydi.

XOTIRANI YAXSHILASH UCHUN TABIIY MAHSULOTLAR
Xotirani mustahkamlash sirlari bilan tanish bo’lganlar uchun quyidagi mahsulotlar begona emas:

Baliq. Bu mahsulotni ko‘proq aqlli bo‘lishni istaganlar iste’mol qilishlari lozim. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy. Shuningdek, tarkibida ko‘p miqdorda fosfor, polito‘yingan omega-3 yog‘ guruhi mavjud bo‘lib, u miyaning qon ta’minotini yaxshilaydi.

Karam. Miya faoliyatini me’yorlashtiradi, asab tizimidagi yosh bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.
Olma sharbati tarkibidagi modda miya katakchalarini oksidantli stresslardan himoyalaydi. Olma va olma sharbati keksalikda aql tiniqligini saqlab qolishga yordam beradi.

Yong‘oq – xotirani yaxshilovchi mahsulotlar orasida yana bir foydali mahsulot bo’lib, u dofaminga boy hisoblanadi va fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Besh dona yong‘oq – bir sutkalik meyor. Shuningdek, yong‘oqlar miyaning barvaqt qarib qolishini oldini oladi.

Sarimsoq tarkibida miya hujayralarini faollashtiruvchi moddalar mavjud. U nafaqat xotirani mustahkamlash uchun, shu bilan birga miyaning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlariga to’sqinlik qilish uchun ham foydalidir.

Rux xotirani yaxshilaydi. U baliq, qo‘zoqli mahsulotlar va non tarkibida ko’p bo’ladi.
Yod. Miyaning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Aqliy qobiliyat va kayfiyatga ta’sir qiladi. Baliq, dengiz karami va xurmo tarkibida ko‘p miqdorda yod mavjud bo’ladi.

Bor. Agar u yetishmasa, miya faoliyati sekinlashadu. Shuning uchun xotira pasayganda olma, nok va uzum kabi mevalardan ko‘p miqdorda iste’mol qilib yuring.

Magniy. Asab impulslarini o‘tkazishga javobgar modda hisoblanadi. Yong‘oq, loviya, soya, grechka, kakao va lavlagi magniyning koni hisoblanadi.
Temir. Eslab qolish layoqati va diqqatning jamlanishi uchun juda muhim. Temir ko‘p miqdorda go‘sht mahsulotlari, jigar, quruq mevalar tarkibida mavjud.

Vitamin C. Na’matak, qora qarag‘at, chetan, chakanda, sitruslar, qizil qalampir, yerqalampir, petrushka, piyoz, shivit va karam tarkibida mavjud.
B guruh vitaminlari. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. B1 — kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, B12 — go‘sht, mol jigari, baliqlar tarkibida ko‘p mavjud bo’ladi.

XOTIRA PASAYISHINI OLDINI OLISH
Xotira pasaymasligi uchun bir qator oddiy usullar bor. Ular asab tizimini sog‘lom holatda saqlashga va xotirani kuchaytirishga yordam beradi. Profilaktik chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:

Bir kunda kamida 2 litr suv ichish (suyuq ovqatlardan tashqari);
Ovqatlanish ratsioniga e’tibor qaratish;
Har kuni xotirani mustahkamlash uchun mashqlarni bajarish;
Har kuni toza havoda sayr qilish;
Zararli odatlardan voz kechish;
Sutkasiga kamida 8 soat uxlash;
Vaqti-vaqti bilan dam olib turish;
Stresslardan maksimal darajada qochish.