Soch to'kilishini oldini olish - usullari, sochlarni saqlab qolish uchun tavsiyalar
№ 1329, Joylandi: 24-11-2022
Ko'rildi: 172
Soch follikulasi – dinamik tuzilma bo'lib, tashqi muxit o'zgarishiga juda sezgir sanaladi. Soch follikulining xar bir sikli tezligi gormonlar, ozuqa moddalar, toksinlar, biologik faol molekulalar kabi ko'plab omillarga bog'lik. Soch to'kilishi ko'pincha ularning hayotiy sikli buzilishi bilan bog'liq. Bu buzilishlar tashqi yoki irsiy omillar bilan bog'liq.
Shuni tushunish kerakki, irsiy (genetik) kelib chiqishli soch to'kilishi (androgenetik alopetsiyani) oldini olish usullari mavjud emas.
Tashqi omillar tomonidan chaqirilganlarini esa oldini olish mumkin va bu davolashdan ko'ra ancha kamrok mehnat talab etadi. Аksariyat odamlar esa sezilarli miqdorda soch to'kilishiga duch kelishgandagina profilaktika haqida o'ylay boshlashadi.
Soch to'kilishi tabiiy jarayondir. Har kuni kishi 60-100 tola soch yo'qotadi. Odatda, yangi o'sib chiqqan va to'kilgan sochlarning soni bir xil darajada bo'ladi, biroq maʼlum sharoitlarda uning to'kiladigan ulushi ortib ketadi.
SOCH TO'KILISHINI OLDINI OLISH TАMOYILLАRI
Teri, tirnoq va sochning xolati tananing ichki xolatini aks ettiradi, shuning uchun sochlar to'kilganda ushbu jarayonning birlamchi sababini bartaraf etish kerak.
Soch to'kilishini oldini olishning asosi – umumiy salomatlikni qo'llab-quvvatlash va ovqatlanishni meʼyorlashtirishga qaratilgan. Sog'lom turmush tarzi bunga yaqindan ko'maklashadi. Bundan tashqari, quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish kerak:
Oqsillar isʼtemol qilish. Soch oqsildan tashkil topganligi sababli, kundalik ratsionda ular yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilish kerak. Hayvon maxsulotlari kiritilmagan parhezlar, kam miqdorda kaloriya isteʼmol qilish, oshqozon-ichak trakti kasalliklari bu xolatni yanada og'irlashtiradi.
Vitamin va mikroelementlar. Temir, kalsiy, rux va B vitamini sochlarning o'sishiga ijobiy taʼsir qilibgina qolmay, ularning to'kilishini oldini olishda ham muhim rol o'ynaydi. To'g'ri ovqatlanish va dietolog tavsiyalariga amal qilish eng oddiy profilaktik choralardir.
Tezda vazn tashlamaslik. Qatʼiy parxezlar va tezda vazn tashlash bulinayotgan soch follikullariga shok sifatida taʼsir ko'rsatishi, natijada soch tolalarining o'sishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Bosh terisi gigienasi. Аhamiyati yuqoridagilardan kam bo'lmagan yana bir yondashuv. Boshning sochli qismida yog'ning ortiqchaligi achitki zamburug'larining ko'payishiga sharoit yaratadi. Ular o'z navbatida yog'larni yog' kislotalarigacha parchalab, shu tariqa bosh terisiga ko'zg'atuvchi taʼsir ko'rsatadi. Bunda tez-tez yuvish ham, uzok vaqt yuvmaslik xam salbiy taʼsirga ega.
Xamroxlik qiluvchi omillarni xam inobatga olish kerak. Bu tamoyil ko'pincha bemorlar tomonidan beeʼtibor qoldiriladi. Sochga shikast yetkazuvchi taʼsir ko'rsatadigan omillardan qochish kerak. Sochni meʼyordan ortiq tortib o'rash bu turdagi turmakni uzoq muddat saqlash ularning o'sishiga salbiy taʼsir ko'rsatadi.
Xar qanday kimyoviy agentlar salbiy taʼsirga ega. Qo'pol artish va tarash, fen bilan tez-tez quritish xam nam sochlarni jaroxatlaydi va mavjud soch tolalarining to'kilishi va sinib qolishiga olib keladi. Bu omillarning taʼsirini minimal darajagacha cheklash kerak.
Bundan tashkari, muammo avj olib bo'lgan bo'lsa, soch o'stirish usullari bilan tanishish ham mumkin.