E`lon Joylash
Xorazmelon.com » Yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar » Salomatlik » Qonni suyultirish usullari - xayot tarzi bo'yicha 5 tavsiya, xalqona vositalar

Qon tananing ichki muxiti sifatida, butun organizm va to'qimalarning xolati haqida maʼlumot olib, ularning uyg'un ishlashini taʼminlovchi birlashtiruvchi element xisoblanadi. Shuning uchun, qonning optimal suyuqlik va ivuvchanlikda – koagulyativ gomeostazda saqlash talab etiladi.

Qonning 90% dan ortig'i suvdan tashkil topgan. Uning xolati yomonlashuvi turli sabablarga ko'ra sodir bo'lishi mumkin. Qanday vositalar bilan qonni suyultirish va qon aylanishini yaxshilash haqida quyida batafsil.

SАLBIY OMILLАR VА ULАRNING BELGILАRI
Ifloslangan, xlorlangan, destruktsiyalangan, gazlangan, sirt tarangli yuqori bo'lgan suvni ichganda, organizm uning xossalarini kerakli qilib uzgartirishi uchun ko'p mikdordagi energiya sarflashi kerak buladi.

Bundan tashqari, qon quyukligi sababi gormon va fermentlar ishlab chiqarish jarayonida faol ishtirok etadigan vitamin va minerallar, masalan, lesitin, vitamin C, rux, selen va boshqalarning yetishmasligi bo`lishi xam mumkin.

Organizmning asosiy biokimyoviy laboratoriyasi bo'lgan va o'z vaqtida tozalanishni talab qiladigan jigar faoliyatining buzilishi qonning xolatiga o'z taʼsirini o'tkazadi. Jigar faoliyatining yomonlashishiga konservalangan, dudlangan va shirin maxsulotlarni ko'p isteʼmol qilish, shuningdek sog'lik uchun xavfli sohalarda ishlash va noqulay ekologik sharoitda yashash kabi omillar olib keladi.

Qon quyuqlashganida kuzatiladigan asosiy belgilar quyidagilar xisoblanadi:

Charchoq;
Uyquchanlik;
Bosh og'rishi;
Surunkali charchoq;
Eʼtiborning kamayishi;
Depressiv xolatlar.


QON QUYUQLАSHISHI OQIBАTI
Venalarning varikoz kengayishi, tromboflebit, insult, stenokardiya, miokard infarkri, vegeto-tomirli distoniya, qon bosimining ortishi, ateroskleroz.

Ushbu kasalliklar orasida qanday umumiylik bor?
Ularning barchasi u yoki bu tarzda qonning quyukligi bilan bog'lik. Bunday kasalliklarning oldini olish uchun qonni “suyultirish”, yaʼni ilmiy jixatdan uning yopishqoqligini kamaytirish kerak. Bu qon organizmdagi tomirlar orqali qiyinchilik bilan, yurakka ortiqcha yuk tushirib, to'siqlar xosil qilib emas, osonlik bilan oqib, to`qimalarga kerakli moddalarni yetkazishi uchun kerak.

Yosh o'tishi bilan qonning quyuklashishi kuzatiladi. Maqolaning boshida keltirilgan kasalliklar yuzaga kela boshlaydi. Shu sababli, qon yopishqoqligini kamaytirish uchun shifokorlar keksa bemorlarga xar kuni qonni suyultirishga yordam beradigan maxsus preparatlar qabul qilishni tavsiya qiladilar.

QONNI SUYULTIRISH UCHUN ODDIY VА TАBIIY VOSITАLАR

Maxsus vositalardan ko'ra oddiy, arzonroq va samara buyicha qolishmaydigan vositalar – tabiiy o'tlar ham mavjud. Xalq tabobatida qonni suyultirish uchun medunitsa, sallagul, shuvok, sachratki, funduk, filipendula, dorivor limonut, dulana, kizil sebarga, kavkaz dioskoreyasi, ginkgo, tuyayungichka, akatsiya, tut mevasi ishlatiladi.

Va, albatta, kashtan. Bu qon quyuklashishi bilan bog'lik kasalliklarni davolash uchun eng kuchli vositalaridan biridir.

Bundan tashqari qonni suyultiradigan maxsulotlar va moddalar qatoriga mevalar, bexi poyasi (tabiiy aspirin), anjir, zaytun moyi, sarimsoq, limon, apelsin, lavlagi, kakao, anor, kungaboqar pistasi, zanjabil, artishok, yetarlicha suyuqlik ichish, zuluk fermentli xisoblanmish girudinni ham kiritish mumkin.

CHEKLАSH TАVSIYA ETILАDI
Qonni Quyuqlashtiradigan maxsulotlarga shakar, spirtli ichimliklar, grechixa, banan, kartoshka, shirinliklar, yog'ga boy oqsilli taomlar, dudlangan maxsulotlar, gazlangan ichimliklarni misol qilib keltirish mumkin.

XАYOT TАRZI
Qon yopishqoqligi ortishini oldini olish va davolash uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

Zararli odatlardan voz kechish (alkogolli ichimliklar, chekish va xokazo).
Ko'proq dam olish.
Toza havoda sayr qilish (qarag'ayli o'rmonlar bo'ylab sayr qilish ayniqsa foydalidir).
Sport bilan shug'ullanish.
Xissiyotlarni boshqarish, stressdan saqlanish.
Bu omillar insonning salomatligini mustaxkamlashga va qon quyukligining oshishi sababli yuzaga keladigan kasalliklarga duch kelmaslikka yordam beradigan xayot tarzi asoslaridir.