Qatardagi jahon chempionati endigina boshlandi, lekin eng chiroyli gol allaqachon urilgandek. Surat
№ 1337, Joylandi: 25-11-2022
Ko'rildi: 213
Braziliya terma jamoasi safida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining ilk uchrashuvida hujumchi Richarlison serblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilibgina qolmay, shu paytgacha ushbu turnirning eng chiroyli goli muallifiga aylandi. Vinisius Juniorning uzatmasini qabul qilib olgan Richarlison to'pni boshi uzra tashlab, tepadan zarbasi bilan darvozaga yo'lladi. Braziliyaliklar Richarlisonning dubli evaziga Serbiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi va o‘z guruhida birinchi o‘ringa chiqib olishdi. 24 noyabr, 2022 yil