E`lon Joylash
Xorazmelon.com » Yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar » Sport » "Manchester Yunayted" Ronaldu bilan shartnomani bekor qildi


"Manchester Yunayted" portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilganini elon qildi.

Aniqlanishicha, qaror darhol kuchga kiradi.

"Klubdagilarning barchasi faqat Erik ten Xag boshchiligidagi jamoaning taraqqiyoti, shuningdek, futbol maydonida muvaffaqiyatga erishish uchun birgalikda ishlash haqida o'ylashda davom etmoqda", deyiladi nashrda.

Oldinroq Ronaldu britaniyalik jurnalist Pirs Morganga intervyu berib, unda “Manchester Yunayted”ni xiyonatda ayblagan edi. Hujumchi klub rahbariyati va murabbiylar shtabini tanqid qilib, jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagni hurmat qilmasligini takidladi.

Ronaldu 2003 yildan 2009 yilgacha "Manchester Yunayted"da o'ynagan va 2021 yilning yozida mankunianliklar klubiga qaytgan. Umuman olganda, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi jamoasi safida 346 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 145 ta gol urgan.