E`lon Joylash
Xorazmelon.com » Yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar » Sport » Messi Saudiya Arabistoni bilan o'yinda Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng bayonot berdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoasining JCh-2022 guruh bosqichi 1-turi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng bayonot berdi.

“Hech qanday bahona yo'q. Biz har qachongidan ham birdam bo'lamiz. Bu jamoa kuchli va buni ko'rsatishdi.

Bu biz uzoq vaqtdan beri duch kelmagan holat. Endi Argentina terma jamoasi haqiqiy jamoa ekanligimizni ko'rsatishi kerak.

Xatolarimizni tuzatib, maqsadga erishishga harakat qilishimiz kerak. Men yaxshiman, lekin natijadan hafsalamiz pir bo'ldi”, - deya Messidan iqtibos keltiradi Daily Express va jurnalist Adrian Grenier o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o'tamiz, bugun, 22 noyabr kuni futbol bo'yicha JCh-2022 guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida Argentina terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan uchrashdi. O'yin Lusail Ikonik stadionida bo'lib o'tdi va saudiyaliklarning 2:1 hisobidagi sensatsion g'alabasi bilan yakunlandi. Argentinaliklarning yagona goliga Messi mualliflik qildi.