E`lon Joylash
👩 12 kishilik ⏱ 35 daqiqa
Klassik sharlotka. Sovet davridagi tarixning muxim taomi. Yengil, parxez shirinligi, mazali va hushbo'y xidli tasvirga ega. Ushbu pishiriq uchun olmaning Antonovka kabi nordon navlaridan olinishi tavsiya etiladi.

Kerakli masalliqlar:
1 stakan shakar
5 dona tuxum
1 stakan un
7 dona olma
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1/2 choy qoshiq ichimlik sodasi

Tayyorlanish usuli :
1. Pechni oldindan 200 darajada qizdiring. Tuxum oqni sariqlardan ajrating. Tuxum oqiga asta - sekinlik bilan shakar qo'shib, qattiq oq ko'pik hosil bo'lgunga qadar ko'pirtiring.

2. Tuxum oqini ko'pirtirishda davom etgan holda tuxum sariqlarini birma - bir qo'shing. So'ngra un va ichimlik sodasini qo'shib, bir xil massa holiga kelguncha aralashtiring. Tayyor xamir qo'yiq qaymoq kabi bo'lishi lozim.

3. Olmalarni tozalab, 4 ga bo'ling. So'ng parrak qilib to'rg'ang.

4. Pishirish qolipiga o'simlik yog'ini surting. Xamirning bir qismini qolipga quying, ustiga kesib olingan olmalarni joylang va xamirning ikkinchi qismini quying.

5. Qolipni pechga joylang. 3 daqiqa davomida 200 darajada so'ng esa 180 darajada 20 - 25 daqiqa mobaynida pishiring.

6. Tayyor bo'lgandan so'ng gaz pechidan olib, qolipning o'zida sovuting. Ustini bezatish uchun shakar kukunidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yoqimli ishtaxa!