E`lon Joylash

Flud va fleym nafaqat eshtilishida, balki ma`nolar jixatdan bir – birlariga yaqin. Garchi flame – alanga, a flood – oqim: bunday mantiqqa zid kelgan vaqtda ham, internetda bu qarama – qarshilik bir biriga o`xshash.

Nima uchun bu so`zlar – flud, fleym, spam – ildizi bilan juda yaqinlashib ketganki, ularni xech ham adashtirmaysiz?

Flud bir qancha manoda ishlatilishi mumkin. Komp`yuter tarmog`i protokollari bo`yicha batafsil ma`lumotga ega bo`lmagan kishilar uchun bu – ham xuddi spam. Oddiy qilib aytganda kommunikattsion bo`shliq to`lidirib boruvchi ma`nosiz oqimlar. Bu jarayonni forumlarda, chatlarda va konferentsiyalarda ko`plab uchratish mumkin. Fleym bilan Fludning farqi, birinchisi ikkinchisiga qaraganda ozgina agressiv ko`rinishga ega, boshqa deyarli farqi yo`q.

Ikkinchisi, xakerlik nuqtai nazardan qaraganda: flud – aloqa kanallarini to`ldirib tashlovchi avtomat tarzda generatsiyalanadigan axborot oqimi yani trafik (shu bilan birga DoS – xujumlarda ham xuddi shu holat uchraydi). Yashirin xakerlar masofadan turib, komp`yuterga so`rovlar jo`natadi. Xujum qilinayotgan serverga faqat yolg`on (bo`sh) so`rovlar jo`natishga tushadi. Bu jarayon flud oqimlari tasiri ostida xujum qilinayotgan serverning ish faoliyatini to`xtab qolishigacha davom etadi.

Uchinchi ma`nosi esa bu ko`chma ma`noda – “yolg`on, safsata, bemanilik”. Fludlik qilish bu nafaqat konferentsiya yoki forumlarni xabarlar (flud) bilan to`ldirib tashlash, balki to`satdan shu xabarlar bilan kimnidir hayratta qoldirish, esankiratib qo`yish. Mantiqiy jixatdan qaraganda, bu yo`sinda jamoatchilik tinchligini buzishga harakat qiladigan shaxslarni, ingliz tilidan o`girib aytadigan bo`lsak “fluder” yoki fludchi deb aytish mumkin.
O'xshash Ma`lumotlar