Kompyuter o`yinlari foydalimi?
№ 1303, Joylandi: 22-11-2022
Ko'rildi: 183
Komp`yuter o`yinlari – bizga qay darajada foydali? Ko`pchilik Ota – Onalar bolalarining komp`yuter o`yinlarini o`ynab boshlaganidan buyon “Men o`ldirdim” yoki “Meni o`ldirishdi” degan iboralarni ko`p ishlata boshlashganini sezishgan bo`lsa kerak. Hozirgi vaqtda ko`plab yosh bolalar o`zlarining ko`plab vaqtlarini aynan o`sha komp`yuter klublarida o`tkazishmoqda. Kechagi qiziqarli bo`lib qolgan joyini davom ettirish uchun, xatto bazilari maktabdagi darslariga qatnashmay ham qo`yishadi.
Komp`yuter texnologiyalari bilan bir qatorda komp`yuter o`yinlari ham jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. U erdagi virtual olamning qay darajada real qilib yaratilayotganligini barchamiz ayon. Qanchalik real xaqiqatga yaqin bo`lgani sari, bizni shu kabi ko`proq o`ziga tortadi. Kop`yuter o`yinlarini yaratuvchilar shunga juda katta ahamiyat qaratishmoqda, uning grafikasi, ovoz va h. k. O`yin qanchalik reallikka yaqin bo`lsa, shunchallik uning ham reytingi yuqori bo`ladi.
Hech kimga sir emas – ki, kop`yuter o`yinlarining deyarli ko`pchiligida asosiy vaziva (harakat) buzg`unchilik yoki bo`lmasa o`ldirishga qaratilgan. 2 – 3 soatlab komp`yuter klublarida, o`yindagi voqealar shiddatiga sho`ng`igan bola, ko`chaga chiqqanda qay axvolda bo`ladi deb o`ylaysiz? Uning shu o`yin jarayonidan keyin real hayotga qaytishiga qancha vaqt kerak bo`ladi? O`ylaymanki har birimiz bunday vaziyatga ko`p tushganmiz.
Hozirgi maktab o`quvchilari uchun bir soat kitob o`qishdan ko`ra, bir soat klaviatura va sichqoncha tugmalarini bosish oson(roq) tuyuladi. Chunki u erda imkoniyatlar ko`p. Bir hato qildingmi, uni yana tuzatishga imkoniyat bor. Bordiyu o`yinda halok bo`lsang, o`yinni davom ettirish uchun yana imkoniyat berishadi. Real hayotda esa umuman boshqacha. Shubxasiz, shu kabi o`yinlar bolaning real hayotga bo`lgan ko`z qarashiga ham o`z salbiy ta`sirini o`tkazishi muqarar. Real hayotdagi imkoniyatlariga to`g`ri baho berolmay qolishi ham mumkin.
Bu bilan Men komp`yuter o`yinlarining barchasini tanqidlamoqchi emasman. Albatta biz uchun foydali o`yinlar ham ko`p. Aytmoqchiligim, xar bir narsadan biz uchun kerakli va albatta foydali taraflarini qidirsak, biz uchun juda yaxshi xizmat qilgan bo`lardi. Chunki bizga eng qimmatli va umuman qaytarib bo`lmaydigan narsa borki, bu ham bo`lsa bizning vaqtimiz. Har birimiz qimmatli vaqtlarimizni kerakli bo`lgan ishlarga taqsimlasak va shu ishlar uchun sarflasak, bu biz uchun juda katta yutuq deb o`ylayman.